×
Menu
Close Menu

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  Kafedrada o'quv-uslubiy ishlar O'zbekiston Respublikasining ta'lim me'yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan.

1. O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risidagi qonuni.

2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.

3. O`zRO va O`MTV tomonidan 9.01.2003 yilda tasdiqlangan. "Oliy ta'lim to'g'risidagi Nizom".

4. Kafedrada ta`lim olayotgan barcha yo'nalishlar bo'yicha davlat ta'lim standarti.

5. Vazirlik tomonidan tasdiqlangan barcha ta'lim yo'nalishlari bo'yicha o'quv rejalari.

6. Fan bo`yicha standart va ish dasturlari.

7. O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligining 2009 yil 204-son buyrug'I bilan tasdiqlangan va 2010-yil 333-sonli buyrug'bilan o`zgartirish kiritilgan"Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to'g'risidagi Nizom".

8. SamDTU rektorining 2013 yil 12 sentyabrdagi "instituted modul ta'lim tizimi bo'yicha o'quv jarayonini tashkil etish to'g'risida"gi43-sonli buyrug'i.

  Kafedrada institutning davolash, pediatriya, kasbiy ta'lim, stomatologiya, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya, fakultetlarining 2-3-kurs, oliy hamshiralik ishi (oxi) va xalq tabobati fakultetlarining 2-3-kurs va farmasiya fakulteting 3-4-kurs tabalariga farmakologiya fani bo'yicha dars o`tiladi. Bundan tashqari, kafedrada xalqaro fakultetning quyidagi talabalari o'qiydilar: oily hamshiralik ishi fakultetining 2-kursi hamda davolash,pediatriya va stomatologiya fakultetlarining 2-kursi. 2020-2021 o'quv yilidan boshlab kafedra Pokiston va Hindistondan kelgan xalqaro fakultet MBBS talabalarini o'qitish ustida ish boshladi. Kafedrada 5 ta o'quv laboratoriyasi va 1 ta moslashtirilgan-texnik vositalari bilan jihozlangan laboratoriya xonalari va amaliy laboratoriya ishlari shaklida olib boriladigan va xo'jalik shartnomasi va grant asosida ishlaydigan laboratoriyalar mavjud.

Doktor Imran Aslam MBBS talabalari bilan dars paytida

Tibbiyot texnikumi talabalari uchun master-klass o’tkazilmoqda.