Talabalarning ilmiy to'garaklar ishida talabalarning ishtirok etishi fakultet faoliyatidagi o'quv jarayonining ajralmas qismi bo'lib, unda 65 dan ortiq talabalar o’z ustida ishlaydi. Ilmiy-tadqiqot ishlari har yili institutning yosh olimlari konferentsiyasida e'lon qilinadi va eng yaxshi asarlar universitetlararo ilmiy konferentsiyalarga yuboriladi va fakultet talabalari har yili sovrinli o’rinlarni egallashadilar.
2020 yil 20-28 may kunlari mamlakatimizda oliy o'quv yurtlari talabalari o'rtasida Respublika Onlayn Olimpiadasi bo'lib o'tdi. Olimpiadada turli xil oliy o'quv yurtlari talabalari turli mavzularda qatnashdilar. Uning natijalariga ko'ra "Nemis tili" fanidan 3-o'rin SamDMI Farmatsevtika fakulteti talabasi Toirova Sevinchga nasib etdi.
Fakultetimiz talabalari Xalqaro fan olimpiadalarida, talabalar va yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyalarida faol qatnashib munosib o’rinlarni qo’lga kiritib kelmoqda jumladan: Rossiya federasiyaasida o’tkazilgan «II Mejdunarodnaya olimpiada po Sportivnoy Medisine» tanlovida 2-kurs talabasi Uralova Gulxayo «Sportivnaya farmakologiya» yo’nalishida qatnashib faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi va huddi shu olimpiadada «Komandnaya rabota» yo’nalishi bo’yicha 2-o’rinni egalladi.
2021 yil 20-21 aprel kunlari Qozog’iston Respublikasida o’tkazilgan «Лучшие молодые учёные - 2021» 14 mamlakat orasidan o’z yo’nalishi bo’yicha faxrli 1-o’ringa munosib ko’rilib “ЛУЧШИЙ МОЛОДОЙ УЧЁНЫЙ” yozuvi tushirilgan ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.