×
Menu
Close Menu

Fakultet ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  Fakultetda ma'naviy-ma'rifiy ishlar talabalarda umuminsoniy madaniy qadriyatlarni, xalqimizning ko'p asrlik an'analari va boy merosini o'zlashtirishga, ular tomonidan Prezidentimiz SH.M. Mirziyoyev rahbarligida 2019 yil 19 mart kuni Yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnalogiyalaridan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini shakillantirish, yoshlar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, xotin qizlar bandligini ta’minlash masalalariga bag’ishlangan videoselektorda ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusga asoslangan yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan.

  Madaniy-ommaviy ish talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan. Fakultet faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri talabalarda yuqori axloqiy qadriyatlarni shakllantirish, kasb-hunar faoliyatiga bo'lgan qiziqishni, sog'lom turmush tarziga bo'lgan ehtiyojni tarbiyalash, o'quvchilarni institut madaniy-ommaviy tadbirlariga jalb etish hisoblanadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun fakultetda murabbiylik kengashi faoliyat olib boradi, uning faoliyati tasdiqlangan rejaga muvofiq amalga oshiriladi.

  Talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni halqimizni boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish hamda respublikada ichki turizmni rivojlantirish maqsadida institutimiz rektori tashabbusi bilan turli ko‘rik tanlovlar va musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 170 nafar iqtidorli talabalar va ularga hamrohlik qilgan institut professor-o‘qituvchilar uchun Toshkent va Buxoro shaxarlariga sayohat tashkil qilindi. Bu sayohatda Farmatsiya fakultetining faol talabalari ham birgalikda bordilar.

Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori tashabbusi bilan turli ko‘rik tanlovlari va musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan iqtidorli talabalari Toshkent va Buxoro shaharlariga sayohat tashkil qilindi.

  Fakultetning har bir guruhiga tajribali pedagoglar orasidan tayinlangan murabbiy tayinlangan. Murabbiylar rahbarligida fakultet talabalari jamoat tadbirlarida faol ishtirok etib, madaniy hordiq chiqarishni tashkil etib, Samarqand shahrining tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylariga, teatr va muzeylarga tashrif buyurishadi.

“Rektor kubogi” bahslarida farmatsiya fakulteti o’g’illar va qizlar talabalar jamoalari g’olib bo’ldilar.

  Jismoniy tarbiya va sportga katta e'tibor qaratilmoqda. Fakultet talabalari suzish, tennis, shaxmat, futbol, basketbol, voleybol, milliy kurash, sharq yakkakurashlari, yengil atletika bo'yicha sport seksiyalarida ishtirok etib, institut sport majmuasi negizida faoliyat yuritmoqda. Ular ham mintaqaviy, ham Respublika sport musobaqalarida faol ishtirok etmoqda.

  Bizning fakultetimiz shiori: "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch". Birinchi Prezident I.A.Karimovning ushbu nomdagi kitobi fakultetning har bir xodimi va talabasi uchun asosiy qo'llanma hisoblanadi. Sharq donolari aytganidek - "Ta'limni tarbiyadan va aksincha, tarbiyani ta'limdan ajratib bo'lmaydi".

Farmatsiya fakulteti biologik kimyo kafedrasida ma'naviyat soatlari

  Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tasdiqlangan reja asosida olib boriladi, unga muvofiq tarixiy sanalar, milliy bayramlar, sport musobaqalari, ichki ishlar organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, ma'naviyat markazlari va boshqa hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda turli tadbirlar o'tkazilmoqda.

Farmakologiya kafedrasida haftalik ma'lumot soati

  Har bir kuratorda ishchi reja mavjud bo'lib, uning asosida murabbiylik guruhi bilan turli tadbirlar o'tkaziladi. Har bir kurator, har bir talaba va uning kundalik hayoti haqida ma'lumotga ega. Shuningdek, albomlar va disklar ham mavjud bo'lib, unda voqealar sahnalari aks ettirilgan. Fakultet dekani va dekan o'rinbosarlari guruh murabbiylari va talabalari bilan muntazam ravishda uchrashadilar. Har payshanba kuni darslar "axborot soati"materiallari bilan tanishish bilan boshlanadi.