O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori
Tibbiyot kadrlarini tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-martdagi PQ-2857-son va “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 5-maydagi PQ-2956-son qarorlari ijrosini ta’minlash hamda tibbiyot xodimlarining uzluksiz kasbiy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sog‘liqni saqlash tizimi organlari va muassasalarining malakali tibbiyot kadrlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Bakalavriatning alohida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida tahsil olgan oliy tibbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga yo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
oliy tibbiyot va farmatsevtika (“Sog‘liqni saqlash” ta’lim sohasi) bakalavriat yo‘nalishlari, magistratura, klinik ordinatura (rezidentura) va birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalari tuzilmalari tegishlicha 2, 2a, 26 va 2v-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning ikkinchi-uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ikki oy muddatda quyidagilarni:
faoliyat yuritayotgan umumiy amaliyot shifokorlaridan tor mutaxassisliklar bo‘yicha tibbiyot kadrlarini bir yildan kam bo‘lmagan muddat davomida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni;
oliy tibbiy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan xolda, ularning professor va o‘qituvchilariga pedagogik yuklamaning vaqt me’yorlarini;
o‘quv jarayonida oliy tibbiy ta’lim muassasalari klinikalari, ixtisoslashtirilgan, ilmiy-amaliy, ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy markazlar va ularning filiallari, respublika va viloyat klinikalarining quvvatlari hamda resurslaridan maksimal darajada foydalanish inobatga olingan holda oliy tibbiy ta’lim muassasalarining klinikalari, klinik va o‘quv bazalari to‘g‘risidagi nizomni;
o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy tibbiy ta’lim muassasalariga qabul qilishga to‘sqinlik qiluvchi tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxatini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab, Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg‘ona filiali faoliyatini bosqichma-bosqich tugatish va talabalarga filialda ta’lim olayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qishini yakunlash imkonini berish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A.Q. Shadmanov zimmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, jismoniy madaniyat va sport masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-sentabr,
769-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-sentabrdagi 769-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Bakalavriatning alohida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida tahsil olgan oliy tibbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga yo‘llash tartibi to‘g‘risida
nizom
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom bakalavriatning alohida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida tahsil olgan oliy tibbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini (keyingi o‘rinlarda bitiruvchilar deb ataladi) oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalariga (keyingi o‘rinlarda OShP va OP deb ataladi) ishga yo‘llash tartibini belgilaydi.
2. Bitiruvchilar 2017/2018 o‘quv yilda bitirganlardan boshlab, keyinchalik doimiy yashash joyida majburiy tartibda ishlab berish uchun OShP va OPlarga taqsimlanadi.
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Kasbiy ta’lim (davolash ishi)” yo‘nalishlari bitiruvchilari yashash bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan qat’i nazar davlat granti asosida maqsadli qabul parametrlarida ko‘rsatilgan tuman (shahar)da majburiy tartibda ishlab berish uchun OShP va OPlarga taqsimlanadi.
3. Oliy tibbiy ta’lim muassasalarining OShP va OPda majburiy ishlab berish uchun bitiruvchilar taqsimlanadigan bakalavriat yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman (shahar)larida bitiruvchining majburiy ishlab berish muddati 3 yilni (36 oy) tashkil etadi.
2020-2021 o‘quv yilidan boshlab tibbiyot oliy ta’lim muassasalari “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Kasbiy ta’lim (davolash ishi)” yo‘nalishlari bitiruvchilarining majburiy ishlab berish muddati, yashash bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan qat’i nazar davlat granti asosida maqsadli qabul parametrlarida ko‘rsatilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman (shahar)larida kamida 5 yilni (60 oy) tashkil etadi.
(1 — 4-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
2-bob. Bitiruvchilarni majburiy ishlab berishga taqsimlash
5. Bitiruvchilarni majburiy ishlab berish uchun taqsimlash, shuningdek majburiy ishlab berish jarayonini muvofiqlashtirish va nazorat qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida vazirlik xodimlari, sog‘liqni saqlash boshqarmasining hududiy organlari rahbarlari, oliy tibbiy ta’lim muassasalari va tibbiyot tashkilotlarining mas’uliyatli xodimlaridan iborat Komissiya (keyin o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tashkil etiladi.
Komissiya tarkibi, shuningdek uning faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Bitiruvchilar majburiy ishlab berishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari taqdim etgan shifokor kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj to‘g‘risida buyurtmanomalar va mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar asosida Komissiya tomonidan har yili taqsimlanadi.
Komissiya bitiruvchilarni OShP va OPdagi mavjud bo‘sh o‘rinlariga majburiy ishlab berish uchun taqsimlaydi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
7. Bitiruvchilarning majburiy ishlab berishining aniq muddatlari, joyi va sharoitlari, shuningdek ularning majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, oliy tibbiy ta’lim muassasasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda bitiruvchi o‘rtasida 4 nusxada tuziladigan shartnomada (keyingi o‘rinlarda shartnoma deb ataladi) belgilanadi.
Shartnoma namunasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oliy tibbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilar uchun yo‘llanmalarni tuzilgan shartnoma asosida respublika hududi va OShP yoki OPni aniq ko‘rsatgan holda rasmiylashtiradi.
9. O‘qishni tugatgandan so‘ng magistratura yoki klinik ordinatura (rezidentura)ga o‘qishni davom ettirish uchun kirgan bitiruvchilar ta’lim shaklidan qat’i nazar (davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida), majburiy ishlab berish uchun magistratura va klinik ordinatura (rezidentura)ni tamomlaganidan so‘ng taqsimlanadi.
(8-9-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
10. Oliy tibbiy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishida davlat granti asosida tahsil olgan magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari Komissiya tomonidan oliy tibbiy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari, ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va boshqa sog‘liqni saqlash muassasalarining ushbu mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda taqsimlanadi.
Bunda Komissiya birinchi navbatda, magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilarini majburiy ishlab berish uchun OP va markaziy tuman (shahar) ko‘p tarmoqli poliklinikalardagi mavjud bo‘sh o‘rinlarga taqsimlaydi.
3-bob. Bitiruvchilarni majburiy ishlab berishga qabul qilish
11. Bitiruvchilar o‘qishni tamomlaganidan so‘ng ushbu Nizomga muvofiq shartnomada ko‘rsatilgan ish joyiga kelishi va 3 oy ichida mehnat faoliyatini boshlashi shart.
12. Oliy tibbiy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishida davlat granti asosida tahsil olgan magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari o‘qishni tamomlagach, shartnomada ko‘rsatilgan ish joyiga kelishi va 3 oy ichida mehnat faoliyatini boshlashi shart.
13. Ish beruvchi shartnomaga muvofiq va ishga yo‘llanma asosida bitiruvchi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuzadi.
14. Ish beruvchi bitiruvchi tomonidan taqdim etilgan ishga kelgani va joylashgani haqidagi hujjatni to‘ldiradi va keyinchalik uni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va tegishli oliy tibbiy ta’lim muassasasiga taqdim etish uchun o‘n kun muddat ichida sog‘liqni saqlash boshqarmasining hududiy organiga yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va oliy tibbiy ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda har bir bitiruvchi hisobini yuritib borishi shart.
Bunda tanlov asosida qabul qilinadigan lavozimlarga majburiy ishlab berish uchun yuborilgan bitiruvchilar tanlovsiz qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Majburiy ishlab berish muddati quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
Oldingi tahrirga qarang.
OShP va OPda shartnomada ko‘rsatilgan ishlash muddati — oliy tibbiy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishida davlat granti asosida tahsil olgan bitiruvchilari uchun;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
shartnomada ko‘rsatilgan tibbiyot muassasalarida ishlash muddati — oliy tibbiy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishida davlat granti asosida tahsil olgan magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari uchun;
mehnat ta’tilida bo‘lish muddati.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy mehnat ta’tili muddati majburiy ishlab berish muddatiga kiritilmaydi.
(15-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
16. Bitiruvchining majburiy ishlab berish joyida belgilangan muddat tugagandan so‘ng ishni davom ettirish haqidagi masala mehnat qonunchiligiga muvofiq ish beruvchi va ishchi o‘rtasida o‘zaro kelishuvga asosan hal etiladi.
17. Ish beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mutaxassislar mehnatini rag‘batlantirish va ularning lavozimga ko‘tarish, ilmiy faoliyatini olib borishi uchun sharoitlar yaratish choralarini ko‘radi.
4-bob. Bitiruvchilarning majburiy ishlab berish joyini o‘zgartirishi yoki ishlab berishdan bosh tortishi
18. Ushbu Nizomga muvofiq majburiy ishlab berish uchun taqsimlangan bitiruvchining ishlab berish joyini o‘zgartirishi uchun jiddiy sabablar yuzaga kelsa, turmush qursa, doimiy yashash uchun boshqa hududga ko‘chib o‘tsa, bitiruvchi majburiy ishlab berish joyini o‘zgartirish uchun Komissiyaga murojaat qilish huquqiga ega buni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.
Komissiya o‘n besh kun ichida bitiruvchining murojaati va taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha bitiruvchi uchun ushbu Nizom talablariga muvofiq boshqa majburiy ishlab berish joyini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Bitiruvchi majburiy ishlab berishdan bosh tortgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oliy tibbiy ta’lim muassasasi tomonidan talaba o‘qishni bitirgani haqida tegishli buyruqni chiqargan vaqtda amalda qo‘llanilgan bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz barobari miqdorida kompensatsiya to‘laydi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
20. Ushbu Nizomga muvofiq majburiy ishlab berish uchun taqsimlangan bitiruvchi ishlab berish muddati davomida shartnomada ko‘rsatilgan joyda majburiy ishlab berishni o‘z xohishiga ko‘ra rad etsa, u O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga Nizomning 19-bandida ko‘rsatilgan va ishlab berilgan muddatga mos ravishda kamaytirilgan miqdorda kompensatsiya to‘laydi.
Kompensatsiya miqdorini hisob-kitob qilishda majburiy ishlab berish muddatlarining faqat to‘liq oylari hisobga olinadi.
21. Bitiruvchi majburiy ishlab berishdan bosh tortishni rasmiylashtirishi uchun Komissiyaga tegishli ariza bilan murojaat qilishi kerak. Bunda bitiruvchi Komissiyaga ariza taqdim etgan sana ushbu Nizomning 20-bandiga muvofiq majburiy ishlab berishdan bosh tortish sanasi deb hisoblanadi.
22. Majburiy ishlab berishdan bosh tortgan bitiruvchi bilan mehnat shartnomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
23. Bitiruvchi majburiy ishlab berishdan bosh tortish bilan bog‘liq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga to‘laydigan kompensatsiya miqdorini u davlat granti bo‘yicha tahsil olgan oliy tibbiy ta’lim muassasasining budjetdan tashqari g‘aznachilik shaxsiy hisob-raqamiga to‘liq hajmda to‘laydi.
24. Oliy tibbiy ta’lim muassasasi kompensatsiyalar summasi hisobini budjetdan tashqari alohida g‘aznachilik shaxsiy hisob-raqamida yuritadi va shaxsiy hisobraqamga kompensatsiya tushgandan so‘ng uch ish kunidan kechiktirmasdan kompensatsiya summasining O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkazilishini ta’minlaydi.
25. Ushbu Nizomga muvofiq majburiy ishlab berish uchun taqsimlanadigan bitiruvchi mehnatga layoqatsizligi tufayli majburiy ishlab berolmagan holatlarda uning keyingi mehnat faoliyati to‘g‘risidagi qaror Komissiya tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Mehnat layoqatini qisman yoki to‘liq yo‘qotgani sababli (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda) majburiy ishlab berish imkoniyatiga ega bo‘lmagan bitiruvchilar Komissiya qarori asosida kompensatsiya to‘lashdan ozod etiladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
26. Oliy tibbiy ta’lim muassasasi bitiruvchiga diplomning asl nusxasini u majburiy ishlab berish muddatini tamomlaganidan so‘ng bir hafta muddatda mehnat daftarchasidagi yozuv va bitiruvchi majburiy ishlab bergan muassasaning yozma tasdig‘i asosida beradi.
27. Ushbu Nizomga muvofiq majburiy ishlab berish uchun taqsimlanadigan va majburiy ishlab berishdan bosh tortadigan bitiruvchilarga oliy tibbiy ta’lim muassasasi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning asl nusxasini mazkur Nizom talablariga muvofiq ular kompensatsiyani to‘liq miqdorda to‘lagandan so‘ng beradi.
28. Oliy tibbiy ta’lim muassasasiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan, lekin o‘qish davrida (talabalar safidan chiqarilgandan so‘ng qayta tiklangan, o‘z xohishiga ko‘ra boshqa oliy tibbiy ta’lim muassasasiga ko‘chirilgan) ta’limning to‘lov-kontrakt shakliga o‘tkazilgan talabalar o‘qishni tamomlagach, majburiy ishlab berish uchun ushbu Nizomga talablariga muvofiq taqsimlanadi.
29. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-sentabrdagi 769-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy tibbiy ta’limning (“Sog‘liqni saqlash” ta’lim sohasi) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalari
TUZILMASI
1. Davolash faoliyati bilan bog‘liq ta’lim yo‘nalishlari uchun*:
T/r |
Bloklar nomi |
Soatlar (kreditlar) hajmi (%) |
1. |
Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy modullar |
2,5 — 3,5% |
2. |
Klinika oldi modullar |
20 — 25% |
3. |
Klinik modullar |
65,5 — 75,5% |
4. |
Elektiv modullar (1,2, 3-blok modullari uchun hududiy komponent) |
3 — 7% |
Jami: |
100% |
* Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari: 5510100 — Davolash ishi, 5111000 — Kasb ta’limi (davolash ishi), 5510800 — Harbiy tibbiyot (davolash ishi), 5510200 — Pediatriya ishi, 5510400 — Stomatologiya, 5510700 — Oliy hamshiralik ishi, Klinik psixologiya.
Bakalavriatning davolash faoliyati bilan bog‘liq ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga birinchi kursdan klinik modullar bo‘yicha 50% nazariy va 50 % amaliy o‘qitish tizimi hamda klinik amaliy ko‘nikmalarni egallash bo‘yicha modullarni kiritish nazarda tutiladi.
2. Davolash faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlari uchun**:
T/r | Bloklar nomi | Soatlar (kreditlar) hajmi (%) |
1. | Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy modullar | 2,5 — 3,5% |
2. | Umumkasbiy modullar | 65 — 75% |
3. | Maxsus modullar | 15,5 — 21,5% |
4. | Elektiv modullar (1,2, 3-blok modullari uchun hududiy komponent) | 3 — 7% |
Jami: | 100% |
** Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari: 5510300 — Tibbiy-profilaktika ishi, 510900 — Tibbiy-biologik ish, 5510500 — Farmatsiya, 5111000 — Kasb ta’limi (farmatsiya), 5510600 — Sanoat farmatsiyasi, Biotibbiyot muhandisligi, Farmatsevtik biotexnologiya, Dori vositalarini standartlashtirish, sertifikatsiyalash va sifat menejmenti.
(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-sentabrdagi 769-son qaroriga
2a-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy tibbiyot va farmatsevtika ta’lim (“Sog‘liqni saqlash” ta’lim sohasi)ning magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalari
TUZILMASI
T/r | Bloklar nomi | *Davolash faoliyati bilan bog‘liq magistratura mutaxassisliklarining soatlar hajmi (%) | **Davolash faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan magistratura mutaxassisliklarining soatlar hajmi (%) |
1. | Umummetodologik modullar | 5 — 10% | 10 — 20% |
2. | Mutaxassislik modullari | 70 — 80% | 60 — 70% |
3. | Tanlov modullari | 10 — 15% | 10 — 15% |
Jami: | 100% | 100% |
* Davolash faoliyati bilan bog‘liq bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bazasidagi magistratura mutaxassisliklari uchun.
** Davolash faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bazasidagi magistratura mutaxassisliklari uchun.
Davolash faoliyati bilan bog‘liq bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bazasidagi magistratura mutaxassisliklari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
(2a-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-sentabrdagi 769-son qaroriga
2b-ILOVA
Tibbiyot va farmatsevtika ta’lim (“Sog‘liqni saqlash” ta’lim sohasi)ning klinik ordinatura (rezidentura) o‘quv rejalari
TUZILMASI
T/r | Bloklar nomi | *Davolash faoliyati bilan bog‘liq klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklarining soatlar hajmi (%) | **Davolash faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklarining soatlar hajmi (%) |
1. | Umummetodologik va nomutaxassis yondosh modullar | 3,5% gacha | 3,5% gacha |
2. | Mutaxassislik modullari | 91% dan kam emas | 85% dan kam emas |
3. | Yondosh mutaxassislik modullari | 4,5% gacha | 10% gacha |
4. | Qo‘shimcha modullar | Mustaqil ta’lim | Mustaqil ta’lim |
5. | Attestatsiya | 1% | 1% |
Jami: | 100% | 100% |
* Davolash faoliyati bilan bog‘liq bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bazasidagi klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari uchun.
** Davolash faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bazasidagi klinik ordinatura (rezidetrura) mutaxassisliklari uchun.
Davolash faoliyati bilan bog‘liq bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bazasidagi klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
(2b-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-sentabrdagi 769-son qaroriga
2v-ILOVA
Tibbiyot va farmatsevtika ta’lim (“Sog‘liqni saqlash” ta’lim sohasi)ning birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari o‘quv rejalari
TUZILMASI
T/r | Bloklar nomi | Soatlar (kreditlar) hajmi (%) | |
1. | Asosiy mutaxassislik | 99% | |
shu jumladan, | |||
1.1. | Mutaxassislik modullari | 90% | |
1.2. | Yondosh (klinik) mutaxassisliklar va modullar | 9% | |
2. | Attestatsiya | 1% | |
Jami: | 100% |
(2v-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2017-y., 09/17/769/0049-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AhOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING
Qarori
KADRLARNI DAVLAT GRANTLARI ASOSIDA MAQSADLI TAYYORLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 6-avgustda 1506-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi “2005/2006 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida”gi PQ-92-son qarorining 6-bandini bajarish maqsadida qaror qilamiz:
1. “Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risida nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 7-iyul,
58-son
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri R. QOSIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 7-iyul,
154-1-son
Xalq ta’limi vaziri T. JO‘RAYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 7-iyul,
19-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. AKBAROV
Toshkent sh.,
2005-yil 7-iyul,
02/2658-son
Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
2005-yil 7-iyuldagi 58, 154-1, 19 va 02/2658-sonli qarori bilan TASDIQLANGAN
Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi PQ-92-son “2005/2006 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandiga muvofiq, oliy ta’lim muassasalarida davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlangan kadrlarni kamida uch yil ishlab berish sharti bilan, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarga ishga taqsimlash qoidalari va tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat grantlari asosida tahsil olgan oliy ta’lim muassasalari bakalavr va magistrlari (keyingi o‘rinlarda matnda bitiruvchilar deb yuritiladi) 2005/2006 o‘quv yilidan boshlab majburiy tartibda kamida uch yil ishlab berish sharti bilan ta’lim muassasalariga, korxona va tashkilotlarga (keyingi o‘rinlarda matnda ish beruvchi deb yuritiladi) ishga taqsimlanadi.
2. Oliy ta’lim muassasalarini davlat grantlari asosida bakalavriatni tamomlagan bitiruvchilar magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan taqdirda, kamida uch yil ishlab berish majburiyati magistraturani yakunlagandan so‘ng ushbu Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
3. Agar bitiruvchi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriati va magistraturasida davlat grantlari asosida o‘qigan taqdirda, uning ishlab berish majburiyati kamida uch yil deb hisoblanadi.
4. Oliy ta’lim muassasalarini to‘lov-kontrakt asosida bakalavriatni tamomlagan bitiruvchilar magistraturaga davlat grantlari asosida o‘qishga qabul qilingan taqdirda kamida uch yil ishlab berish majburiyati magistraturani yakunlagandan so‘ng ushbu Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
5. Bitiruvchilarni egallagan ta’lim yo‘nalishi va kasbiy tayyorgarligiga ko‘ra taqsimlashni muvofiqlashtirish uchun tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik, idoralar qoshida maxsus komissiyalar tuziladi.
II. Bitiruvchilarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash va buyurtmalarni shakllantirish
6. Ish beruvchi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, mavjud bo‘sh ish joylari haqidagi ma’lumotlarni har yili 1-aprelga qadar aniqlaydilar hamda maxsus komissiyaga ish joyi ko‘rsatilgan holda, kafolatlangan talabnoma (buyurtma)ni taqdim etadilar.
7. O‘z tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj hamda ularga bo‘lgan buyurtmalarni yo‘nalishlar bo‘yicha umumlashtirib, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari taqsimoti ko‘rsatkichlarini shakllantiradi.
8. Maxsus komissiya tomonidan buyurtmalar asosida shakllantirilgan taqsimot ko‘rsatkichlari tegishli oliy ta’lim muasasalariga yuboriladi.
III. Bitiruvchilarni ishga taqsimlash tartibi
9. Oliy ta’lim muassasalarida bitiruvchilarni ishga taqsimlash ular oliy ta’lim muassasasini bitirishidan kamida 1 oy oldin o‘tkaziladi.
10. Bitiruvchilarning taqsimoti oliy ta’lim muassasasi rektori tasdiqlagan oliy ta’lim muassasasining taqsimot komissiyasi (keyingi o‘rinlarda matnda taqsimot komissiya deb yuritiladi) tomonidan o‘tkaziladi. Taqsimot komissiya tarkibiga: oliy ta’lim muassasasi rektori - komissiya raisi, fakultet dekani, kafedra mudirlari hamda manfaatdor vazirlik va idoralar, ish beruvchilar vakillari a’zo qilib kiritiladi.
11. Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilarni ishga taqsimlanish jarayonidan oldin bitiruvchilardan qayerda ishlashni xohlashi to‘g‘risida so‘rov-anketalari to‘ldirib olinadi.
12. Oliy ta’lim muassasasi taqsimot komissiyasi:
a) bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasasida egallagan ta’lim yo‘nalishlari va malakasiga, kadrlarga bo‘lgan buyurtmaga asosan hamda ularning reytingi, oilaviy sharoiti, doimiy yashash joyi va taklif etilayotgan ish joylarida ishlash istagini hisobga olgan holda ishga taqsimlaydi;
b) har bir bitiruvchini taklif qilinayotgan ish joyi, mehnat va maishiy sharoitlar, lavozimi, ish haqi miqdori to‘g‘risidagi va boshqa zarur ma’lumotlar bilan tanishtiradi;
v) majlis bayonnomasi va bitiruvchilar shaxsiy taqsimoti qaydnomasini yuritadi (1-ilova).
13. Yuqori reyting to‘plagan bitiruvchilar birinchilar qatorida mavjud bo‘lgan ish joylariga o‘zlarining ixtiyori bilan joylashish huquqiga ega bo‘ladilar.
14. Oliy ta’lim muassasalarida o‘z hisobidan to‘lov-kontrakt bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilar o‘z ixtiyori bilan taqsimot komissiyasida ishtirok etishi va uning roziligi asosida komissiya qarori bilan taklif etilayotgan ish joylariga ishga yuborilishi mumkin.
15. Agar taqsimot komissiyasi bitiruvchini ish bilan ta’minlay olmasa, unga mustaqil ishga joylashish imkoniyati berilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma (2-ilova) taqdim etadi.
16. Taqsimot komissiyasi ishini tugatgandan so‘ng bitiruvchilarni ularning salomatligi, oilaviy sharoiti o‘zgarishi asosida qayta taqsimlash masalasi oliy ta’lim muassasalarining taqsimot komissiyalari tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin.
17. Oliy ta’lim muassasasi taqsimot komissiyasi ishi tugagandan so‘ng bir haftadan, biroq bitiruvchi o‘qishni tugatgan kundan so‘ng uch kundan kechiktirmay, ishga yuborilayotgan har bir bitiruvchiga quyidagi hujjatlarni beradi:
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomdan ko‘chirma;
ishga yuborilganlik to‘g‘risidagi yo‘llanma (3-ilova);
taqsimot komissiyasi qaroridan va taqsimot ro‘yxatidan ko‘chirma.
Mustaqil ishga joylashish imkoniyati berilgan bitiruvchilarga mazkur bandda nazarda tutilgan muddatlarda mustaqil ishga joylashish imkoniyati berilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma va oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning asl nusxasi beriladi.
Oliy ta’lim muassasasi rektori mazkur bandda ko‘rsatilgan hujjatlarni bitiruvchiga o‘z vaqtida berilishiga shaxsan javobgardir. Bitiruvchiga belgilangan nusxadagi yo‘llanma o‘rniga boshqa hujjatlar berilishiga ruxsat etilmaydi.
18. Bitiruvchi mazkur Nizom talablari asosida taqsimot bo‘yicha uch yil ishlab bergandan keyin unga oliy ta’lim muassasasi tomonidan bir hafta muddatda mehnat daftarchasiga muvofiq diplomning asl nusxasi beriladi.
IV. Taqsimot asosida yuborilgan bitiruvchilarni ishga qabul qilish va ularning mehnati
19. Bitiruvchilar o‘qishni tamomlagandan so‘ng ko‘pi bilan uch oygacha bo‘lgan muddatda ish joyiga yetib kelishlari va ish boshlashlari lozim.
20. Ish beruvchi ish joyiga yetib kelgan bitiruvchi tomonidan taqdim etilgan yo‘llanmani tasdiqlaydi va o‘n kun muddat ichida yo‘llanmani tegishli oliy ta’lim muassasasiga yuboradi.
21. Ish beruvchi oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari bilan o‘rnatilgan tartibda ishga yuborilganlik to‘g‘risidagi yo‘llanmaga muvofiq mehnat shartnomasi tuzadi.
Tanlov asosida ishga qabul qilinadigan lavozimlarga bitiruvchilar yo‘llanma asosida tanlovsiz qabul qilinadi.
22. Bitiruvchi tomonidan majburiy ishlab berilishi lozim bo‘lgan uch yillik muddatga quyidagi muddatlar ham kiradi:
ta’lim muassasasi, korxona yoki tashkilotda turli lavozimlarda ishlagan muddat;
ta’lim muassasasi, korxonasi yoki tashkilot mansub bo‘lgan tizimdagi (vazirlik, idora yoki boshqa xo‘jalik boshqaruvi organi) boshqa ta’lim muassasalarida, korxona va tashkilotlarda ish beruvchining roziligiga ko‘ra ishlagan muddat;
mehnat ta’tilida, shu jumladan ijtimoiy ta’tillarda bo‘lgan muddat;
muddatli harbiy xizmat yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat o‘talgan muddat.
23. Bitiruvchi uch yil majburiy ishlagandan so‘ng shu ish beruvchida ishni davom ettirish masalasi ish beruvchi va xodimning o‘zaro kelishuviga muvofiq mehnat qonunchiligi asosida hal etiladi.
V. Bitiruvchilarga beriladigan imtiyozlar
24. Ishga taqsimlangan bitiruvchi ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarga ishga joylashgach, ish beruvchi unga mehnat qilishi uchun shart-sharoitlarni yaratadi, uy-joy bilan ta’minlash choralarini ko‘radi.
25. Ish beruvchi yosh mutaxassislarning mehnatini rag‘batlantirish va ularning lavozimlarini oshirish choralarini ko‘radi, ularga ilmiy ish bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratadi.
26. Oliy ta’lim muassasalarini tugatgan va ishga yuborilgan bitiruvchi taqsimot komissiyasi qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan tegishli vazirlik yoki idoraga yoxud sudga murojaat etish huquqiga ega.
VI. Yakuniy qoidalar
27. 2005/2006 o‘quv yilidan boshlab, har o‘quv yilining boshida, ya’ni sentyabr oyida, oliy ta’lim muassasalariga bakalavriat va magistratura bo‘yicha davlat grantlari asosida qabul qilingan talabalar bilan oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘qishni tamomlagandan so‘ng ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda kamida uch yil ishlab berish to‘g‘risida shartnoma tuzilishi lozim.
Bitiruvchi uzrsiz sabablarga ko‘ra taqsimlangan joyda ishlashni xohlamasa, unga nisbatan amaldagi qonunchilik asosida choralar ko‘riladi.
28. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan.
Sog‘liqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2005-yil 4-iyul
Madaniyat va sport ishlari vaziri A. AZIZXO‘JAYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 4-iyul
Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri S. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2005-yil 4-iyul
Badiiy akademiya raisi T. QO‘ZIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 4-iyul
“O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK raisi O. RAMATOV
Toshkent sh.,
2005-yil 4-iyul
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2005-yil 4-iyul
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining raisi D. JAHONGIROVA
Toshkent sh.,
2005-yil 4-iyul
Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
200___ y. ___________________ ni |
|||||||||
(oliy ta’lim muassasasi nomi) |
|||||||||
|
|||||||||
T/r |
Familiyasi, ismi sharifi |
jinsi |
Tug‘il gan yili |
oilaviy ahvoli |
doimiy yashash joyi (ota-onasining, turmush o‘rtog‘ining manzili) |
Bitiruvchi tugatgan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) |
qayerga ishga yuboriladi |
Bitiruvchi imzosi |
|
Ta’lim muassasasi, korxona va tashkilot nomi |
lavozimi |
||||||||
Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
MUSTAQIL IShGA JOYLAShISh IMKONIYATI |
|
20___y. “__” _____________ da __________________________________________________ ni |
|
(OTMning nomi to‘liq yoziladi) |
|
______________________________________________________________________________ |
|
ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha tamomlagan _________________________________ |
|
______________________________________________________________________________ |
|
(ismi sharifi to‘liq yoziladi) |
|
Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risida nizomning III bo‘limining 15-bandiga muvofiq mustaqil ishga joylashish imkoniyati beriladi. |
|
Oliy ta’lim |
_________________________ |
M.O‘ |
Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
(Vazirlik nomi) | |||
IShGA YuBORILGANLIK | (Bitiruvchi ish joyiga kelgach 10 kunlik muddatda to‘ldirilib, oliy ta’lim muassasasiga kaytariladi. | ||
№ yo‘llanma bo‘lagi | IShGA YuBORILGANLIK | ||
20_ y. “__”___________ | |||
_______________________________________ | № yo‘llanma | ||
_______________________________________ | (Ish beruvchi:ta’lim muassasasi, korxona va tashkilot nomi) __________________________________________________ | ||
_______________________________________ | __________________________________________________ | ||
(oliy ta’lim muassasasi nomi to‘liq yoziladi) | __________________________________ma’lum kiladiki, | ||
_______________________________________ | oliy ta’lim muassasasini tamomlagan nomi ko‘rsatiladi) __________________________________________________ | ||
_______________________________________ | __________________________________________________ | ||
(ismi, sharifi to‘lik yoziladi) | (ismi sharifi to‘liq yoziladi) | ||
_______________________________________ | 20____y “____”____________________da | ||
___________________ lavozimida ishlash uchun | ish joyiga yetib keldi va lavozimiga tayinlandi. | ||
_______________________________________ | |||
(ta’lim muassasasi, korxona va tashkilotning nomi) | |||
_____________ixtiyoriga yuboriladi | |||
Etib kelish muddati: ___ | Rahbar | (imzo) | |
M.O‘. | M.O‘. | ||
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 32-33-son, 258-modda)