×
Menu
Close Menu

​Polsha Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari kengaymoqda

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda Polsha Respublikasining Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida ayni kunlarda universitetning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Zafar Aminov Polshada xizmat safarida bo‘lib turibdi.

  Tashrif doirasida joriy yilning 19-fevral kuni Slupsk shahridagi Pomorsk universiteti rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik masalalarida fikr almashilib, Pomorsk universiteti bilan kosmetologiya yo‘nalishidagi qo‘shma ta’lim dasturini yanada takomillashtirish yuzasidan muhokamalar olib borildi.

  Ma’lumot o‘rnida: mazkur qo‘shma ta’lim dasturi 3 yillik ya’ni 2+1 (2 yil SamDTU, 1 yil Pomorsk) shaklida bo‘lib, dasturni tamomlagan talabalar oliy toifali kosmetolog sifatida faoliyat yuritishlari mumkin bo‘ladi.


SamDTU Matbuot xizmati