Joriy yilning 18-fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va giyohvandlikka qarshi kurashish chora-tadbirlri doirasida talabalar bilan davra suhbati o‘tkazildi.
“Yoshlar giyohvandlikka qarshi” hamda “Biz - sog‘lom turmush tarafdorimiz mavzularida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV Tezkor qidiruv deportamenti, Jinoyat qidiruv Bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik A.Matlubov, Samarqand viloyati IIB tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik T.Namozov, Respublika Ixtisoslashtirilgan Ruhiy salomatlik ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarqand narkalogiya filiali direktori N.Kenjayeva universitet profilaktika inspektori O.Eshmuratov, o‘qituvchi hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda talabalarga sog‘lom turmush tarzi va uning inson salomatligidagi ahamiyati haqida, shuningdek, giyohvand va psixotrop dori vositalarining salbiy va ayanchli oqibatlari haqida so‘z yuritilib, yoshlarimiz ogohlikka chaqirildi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiiqtirgan savollarga atroflicha javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
SamDTU Matbuot xizmati