×
Menu
Close Menu

​Voleybol bo‘yicha “REKTOR KUBOGI” bahslariga start berildi

  Bugun Samarqand davlat tibbiyot universitetida sport klubi tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida "Sportni sev, sport bilan yasha shiori ostida voleybol bo‘yicha “REKTOR KUBOGI” sport musobaqasiga start berildi.

  Ochilishda so‘zga chiqqan Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev sog‘lom turmush tarzi hamda sportning inson salomatligidagi beqiyos o‘rniga to‘xtalib, bugungi kunda mamlakatimizda soha rivojida amalga oshirilayotgan ishlarni alohida ta’kidladi.

  Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida tashkil etilayotgan mazkur musobaqada 32 ta yigitlar hamda 16 ta qizlardan iborat jamoalar ishtirok etmoqda.

  Eslatib o‘tamiz, musobaqalar 18-fevraldan 28-fevralga qadar o‘tkaziladi.


SamDTU Matbuot xizmati