×
Menu
Close Menu

​Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi keng nishonlandi

  Kuni kecha Samarqand davlat tibbiyot universitetida temuriyzoda, o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir va olim, tarixchi, geograf, iste’dodli sarkarda, Boburiylar sulolasi asoschisi, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi keng nishonlandi.

  Bayramona tadbirda Hindistondagi Javoharal Neru universiteti Markaziy Osiyo ilmiy tadqiqotlar instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor Akhlaq Ahmad Ahan, taniqli ijodkor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, "Zarafshon" va "Самаркандский вестник" gazetalari bosh muharriri Farmon Toshev, O‘zbekiston xalq artisti Yunus Rajabiy oilasi vakili, Rajabiylar sulolasining zabardast davomchisi, “Nihol” davlat mukofoti sovrindori Aziz Rajabiy hamda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professori, filologiya fanlari doktori Hulkar Hamroyevalar ishtirok etdi.

  Tadbir davomida ulug‘ bobokalonimiz xotirasi yod etilib, mashaqqatli hayot yo‘li va boy ilmiy, ijodiy merosi e’tirof etildi. Shuningdek, talabalar hamda mehmonlar tomonidan namoyish etilgan ijodiy chiqishlar yig‘ilganlarga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.



SamDTU Matbuot xizmati