O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-407 qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda Qo‘shrabot tuman hokimligi bilan hamkorlikda Qo‘shrabotlik talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birgalikda Qo‘shrabot tumanida sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan ishlar, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tibbiyot muassasalarida yaratilgan shart-sharoit bilan tanishdilar. Shuningdek, talabalar bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
SamDTU Matbuot xizmati