O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 13-dekabr kuni 2024-yilda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan 60-son topshiriqlarning 6-bandida belgilangan vazifa ijrosini ta’minlash hamda yoshlarni tayyorlov kurslari orqali umumta’lim fanlari bo‘yicha bilimlarini oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risidagi Oliy ta’lim , fan va innovatsiyalar vazirligining hamda SamDTU rektorining tegishli buyrug‘iga asosan Paxtachi va Pastdarg‘om tumanlarida yashovchi, kam ta’minlangan, ko‘makka muhtoj 55 ta oilaning farzandlari uchun Abu Ali ibn Sino nomidagi Paxtachi va Pastdarg‘om Jamoat salomatligi texnikumlarida o‘quv kurslari tashkil etildi.
SamDTU Akademik litsey va jamoat salomatligi texnikumlari bilan ishlash bo‘yicha mas’ul (PhD) Bahodir Eshbekov, Tibbiy biologiya va genetika kafedra mudirasi, Ra’no Abdumo‘minova, Tibbiy kimyo kafedrasi assisenti Abduxakim Karjavovlar ishtirokida Paxtachi va Pastdarg‘om jamoat salomatligi texnikumida kam ta’minlangan sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan suhbat tashkil etilib, mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, berilayotgan imtiyozlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Tashkil etilgan o‘quv kurslari haqida batafsil to‘xtalib, yuzaga kelgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.
SamDTU Matbuot xizmati