Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Marat Ospanov nomidagi G‘arbiy Qozog‘iston tibbiyot Universiteti orasida tuzilgan hamkorlik asosida akademik harakatchanlik amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning 20-yanvardan 30-yanvarga qadar Marat Ospanov nomidagi G‘arbiy Qozog‘iston tibbiyot Universitetining 27 nafar magistrlari SamDTU Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti kafedrasida akademik mobillik doirasida malaka oshirdilar.
Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti kafedrasida dots. Z.Z. Aminov, katta o‘qituvchilar S.B.Israilova, Sh.A. Mamasoliyeva, assistentlar D.E. Kushmatova va D.N. Alimdjanovalar tomonidan magistratura rezidentlariga «Sog‘liqni saqlashda ilmiy tadqiqotlarning dizayni va ma’lumotlarni qayta ishlash» mavzusida ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Magistratura bo‘limi boshlig‘i A.Xazratov bilan uchrashuv tashkil etilib, o‘zaro hamkorlik aloqalari, birgalikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar borasida fikr almashildi.
Darslardan bo‘sh vaqtlarida magistratura rezidentlari universitet muzeyiga, simulyatsiya markaziga tashrif buyurishdilar, viloyat OITS markazi va oilaviy poliklinika ishlari bilan tanishishdilar. Bundan tashqari, Samarqand shahrining tarixiy qadamjolarini ziyorat qilish imkoniga ega bo‘ldilar. Yakunda akademik mobillik doirasida muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan barcha magistratura rezidentlariga sertifikatlar taqdim etildi.
SamDTU Matbuot xizmati