×
Menu
Close Menu

​SamDTU “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish MUNIS loyihasining(Jahon banki) PRIM grant dasturi g‘olibligini qo‘lga kiritdi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida 172-son qaroriga asosan “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish MUNIS  loyihasining  PRIM grant dasturi tanlovida ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

  2024-yilning 1-avgustidan 30-sentyabriga qadar o‘tkazilgan tanlovning 1-bosqichida 86 ta loyiha arizalari kelib tushgan. Saralash bosqichida Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazi g‘oliblar qatorida bo‘ldi va  Xalqaro Ekspertlar Kengashi tomonidan moliyalashtirishga(grant miqdori 200.000$.) tavsiya etildi.

  2025-yil 29-yanvar kuni  “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasining “Ilmiy tashkilotlarni modernizatsiya qilish” (Public Research Institutes Modernization – PRIM) grant dasturi doirasida Innovatsion rivojlanish agentligining ishchi guruhi Jahon banki konsultantlari Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida MUNIS loyihasini amalga oshirish guruhi hamda loyiha ishtirokchilari bilan strategik sessiyalar o‘tkazildi. Ekspertlar tomonidan  loyihani bajarilish tartib va tamoyillari, ajratilgan pul mablag‘laridan samarali foydalanish, ish dasturida nazarda tutilgan maqsad va vazifalarni to‘liq bajarish bo‘yicha tavsiyalar berildi.


SamDTU Matbuot xizmati