Joriy yilning 25-yanvar kuni SamDTU Terapevtik stomatologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan kafedra mudiri T.E.Zoyirov boshchiligida Samarqand shahridagi 5-maktabda stomatologiya bo‘yicha profilaktik ko‘rik o‘tkazildi.
Tashrif davomida 5-maktab o‘quvchilari professor-assistent o‘qituvchilar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazildi va mutaxassislar tomonidan kerakli maslahatlar berildi.
Shuningdek, o‘quvchilar uchun davra suhbati tashkil etilib, ularga muhim va qiziqarli ma’lumotlar ulashildi.
SamDTU Matbuot xizmati