×
Menu
Close Menu

​Universitet "QALQON"lari e'tirof etildi!

  Joriy yilning 14-yanvar kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti "Qalqon" jamoatchilik guruhi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda Yoshlar ittifoqi SamDTU boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Sardor Ochilov, universitet profilaktika inspektori Otajon Eshmuratov ishtirok etib, guruh vakillarini O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilagnining 33 yilligi hamda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan tabrikladilar. Uchrashuv davomida bajarilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

  Uchrashuv yakunida "Qalqon" jamoatchilik guruhi vakillariga universitet rektori, professor Jasur Rizayev hamda Yoshlar ittifoqi yetakchisi Sardor Ochilovning tashakkurnomalari topshirildi.

  Ma’lumot uchun: "Qalqon" jamoatchilik guruhi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan 2023-yil 28-avgust kuni tasdiqlangan “Oliy ta‘lim muassasalarida “Qalqon”jamoatchilik guruhini tashkil etish to‘g‘risida”gi 30-q/q-son, 26-son, 40-son, 26-son va 26-q/q-son qo‘shma qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, talabalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, universitetda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan.


SamDTU Matbuot xizmati