Joriy yilning 20-dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida harbiy-vatanparvarlik oyligi doirasida Markaziy harbiy okrug vakillari hamda iste’fodagi faxriy harbiylar ishtirokida tadbir tashkil etildi.
“Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mazkur yo‘nalishda davlat va nodavlat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faolligini yanada oshirish, yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuyg‘ularini singdirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.
Tadbirning keyingi qismida Markaziy harbiy okrug batalyoni harbiylari tomonidan taqdim etilgan chiqishlar, hamda qurol-aslahalar namoyishi yig‘ilganlarda milliy armiyamizga nisbatan o‘zgacha faxr va vatanparvarlik tuyg‘ularini yana bir karra oshirdi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
SamDTU matbuot xizmati