×
Menu
Close Menu

​Talabalar bilan "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

  Joriy yilning 10-dekabrida Samarqand davlat tibbiyot universiteti Farmatsiya fakulteti talabalari bilan "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

  Tadbirda Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektorining talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha maslahatchisi E.Aripov, universitet profilaktika inspektori, kapitan O.Eshmurodov, Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri A.Maxmudova, Farmatsiya fakulteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Djurayev, fakultet tyutori va fakultet talabalari ishtirok etdi.

  Davra suhbatida talabalarga mavzu yuzasidan kerakli tushuntirishlar berilib, ogohlik davr talabi ekanligi uqtirildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


SamDTU Matbuot xizmati