Samarqand davlat tibbiyot Universiteti, Tibbiy pedagogika OXI va xalq tabobati fakulteti xotin-qizlar maslahat kengashi hamda ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligiga bag‘ishlangan "Konstitutsiya va xotin-qizlar huquqlari" mavzusida anjuman o‘tkazildi. Anjumanda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xudoyberdiyeva ishtirok etdi.
Anjumanda Universitet talabalari tomonidan “Yangilangan Konstitutsiya”, “Inson qadri va huquqlarining nafosati”, “Konstitutsiya adolat va ozodlik asosi”, “Konstitutsiya farovon hayotimiz kafolati” kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi. Shuningdek, anjumanda xorijlik talaba Asim Avayish ham o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Tadbirda badiiy chiqishlar ham namoyish etildi. Jumladan, Samarqand shahri ‘’Qalqon Jasorat Maktabi’’ XVSM kursantlari ham ishtirok etib, o‘z chiqishlarini namoyish etdilar. Faol ishtirok etgan talabalarga fakultet dekani U.S.Pulatovning faxriy yorliqlari topshirildi.
SamDTU Matbuot xizmati