×
Menu
Close Menu

​SamDTU Germaniyaning Connecta kompaniyasi bilan hamkorlikni davom ettiradi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti Connecta GmbH bilan hamkorlikda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi o‘rta tibbiyot xodimlarini Germaniya Federativ Respublikasida mehnat faoliyatini yuritishga ko‘maklashish asosida hamkorlik aloqlarini yo‘lga qo‘yib kelmoqda.

  Joriy yilning 4-dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Connecta GmbH kompaniyasi direktori Aleksiy Sverdlov, Mannxaym universiteti klinikasi bosh direktori Freddi Bergman,  iqtisodiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Zoe Morgenshtern va kompaniyaning bir qator xodimlari tashrif buyurdi.

  Tashrif doirasida SamDTU rektori, professor Jasur Rizayev bilan uchrashuv tashkil etilib, o‘zaro hamkorlik aloqalari, birgalikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar borasida fikr almashildi.

  Shuningdek, Germaniyada ishlash istagini bildirgan sog‘liqni saqlash tizimidagi xodimlar bilan tayyorgarlik dasturi doirasida uchrashuv tashkil etilib, nomzodlar suhbatdan o‘tkazildi. Suhbat davomida yig‘ilganlarga ish jarayoni, Germaniya migratsiya qonunchiligi to‘g‘risida tushuntirish berildi. Ishtirokchilar bilan savol-javob tarzida o‘tgan yig‘ilishda ko‘pgina masalalarga oydinlik kiritildi hamda yuzaga kelgan savollarga atroflicha javoblar berildi.


SamDTU Matbuot xizmati