Samarqand davlat tibbiyot universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan joriy yilning Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda SamDTU korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i L.Xudoyarov, Universitet rektori maslahatchisi E.Aripov, Samarqand viloyati IIB tashkiliy boshqarma boshlig‘i boshlig‘i o‘rinbosari M.Kattaqulov, Samarqand viloyat Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxasisi G‘.Babaxolov, Samarqand viloyati Prokuraturasi bo‘lim katta prokurori I.Xolmatov hamda Universitet profilaktika inspektori O.Eshmuratovlar ishtirok etdi.
Tadbirda mas’ullar tomonidan talabalarga korrupsiya va uning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berilib, bu illat jamiyat va davlat rivojidagi to‘siq ekanligi ta’kidlandi. Suhbat davomida korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning vazifamiz ekanligi uqtirildi.
SamDTU Matbuot xizmati