Samarqand davlat tibbiyot universiteti korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan 9-dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan joriy yilning 2-3-dekabr kunlari talabalar o'rtasida "Eng yaxshi rasm" ko'rik tanlovi o'tkazildi.
Ko'rik tanlovda talabalar korrupsiya illatining ayanchli oqibatlari, uning inson va jamiyat hayoti, davlat taraqqiyotidagi salbiy ta'siri aks etgan ijod namunalarini namoyish qildiar. Tanlovda g'olib va sovrindorlar aniqlandi. G'oliblar nizomga ko'ra taqdirlanadilar.
Eslatib o'tamiz! “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan o'tkazilayotgan “Eng yaxshi insho” tanlovi davom etmoqda.
SamDTU Matbuot xizmati