×
Menu
Close Menu

​Zo‘ravonlikka qarshi kurash tadbirlari doirasida davra suhbati o‘tkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika, oliy hamshiralik ishi va xalq tabobati fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi G.Tursunova tomonidan “Zo‘ravonliksiz va tazyiqsiz hayot” mavzusida tadbir tashkil etildi.

  Tadbirda Samarqand shahar IIO FMB 3-sonli IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori, leytenant Hilola Ne’matova, SamDTU Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Aziza Maxmudova, Tibbiy pedagogika, OHI, xalq tabobati fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi G.Tursunova, universitet profilaktika inspektori Otajon Eshmuratov, hamda talabalar ishtirok etdi.

  Tadbir davomida G.Tursunova tomonidan “Zo‘ravonliksiz va tazyiqsiz hayot” mavzusida, shuningdek, boshqa kafedra o‘qituvchilari tomonidan mavzuga doir ma’ruzalar qilinib, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik va jinsiy tajovuz holatlarining oldini olish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida kerakli ma’lumot va tushunchalar berilib, fikr-mulohazalar almashildi.

  Yig‘ilishda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

SamDTU Matbuot xizmati