×
Menu
Close Menu

SamDTU hamda Rossiya Federatsiyasi tibbiyot muassasalari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari yanada kengaymoqda

     Samarqand davlat tibbiyo universiteti koʻp tarmoqli klinikasiga Rossiya federatsiyasi Sverdlovskaya viloyatining Quyi Tagil shaharchasi 1-son shahar tibbiyot birlashmasining bosh shifokori tibbiyot fanlari doktori Pavlovskix Aleksandr Yuryevich tashrif buyurdi.

     Tashrif doirasida Aleksandr Yuryevich Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda universitet qoshidagi klinika bazasi bilan yaqindan tanishdi.

     Shuningdek, uchrashuv davomida tibbiyot sohasidagi reformalar, maqsadli tarzda tibbiyot oliygoxlarigi kirishda bitiruvchilar bilan ishlash, maktab bitiruvchilarini qiziqtirish borasida hamda kelajakda SamDTU bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlarini ochish borasida suhbatlashildi.

     Ma'lumot oʻrnida aytishimiz mumkinki, hozirda Samarqand davlat tibbiyot universitetning Rossiya federatsiyasi bilan 5 ta bakalavriat va 20 ta klinik ordinatura yoʻnalishlari ochilgan va ushbu Qoʻshma taʼlim dasturarini bitirgan bitiruvchilarning 60 foizi Rossiya Federatsiyasining xar xil tibbiyot muassasalarida ishlab kelmoqda.

SamDTU Matbuot xizmati