2024-yilning 26-noyabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida «Tibbiyot mohirlari» tibbiy-amaliy ko‘nikmalar IV Xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. “Tibbiyot mohirlari” amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha IV Xalqaro Olimpiadasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida tаhsil olayоtgan, ilmiy-tadqiqod faoliyati bilan shug’ullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qo’llab-quvatlash to‘g‘risidagi PF-6309-sonli farmoni 2019-yil 6-martdagi “Tibbiyot va farmatsevtika ta’lim va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tog’risida”gi PQ-4310-sоn qarorida belgilangan talablarni inobatga olib TTA va barcha oliy ta’lim muasassalari talabalarini yosh tadqiqotchilar sifatida o‘z qobiliyatlarini namoyon etish, ijodiy tafakkurini rivojlantirish, ularning innovatsion potensiali, liderlik xususiyatlarini shakllantirish va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishga keng imkoniyatlar yaratishga yo‘naltirilgan.
Shu maqsadda 2021-yildan boshlab Chet eldagi va Respublikamizning barcha hududlarda joylashgan oliy ta’lim muassasalaridan tibbiyot talabalari qatnashib kelmoqda. Joriy yilning 26-noyabr kuni bo‘lib o’tgan Olimpiadada Tatariston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Respublikamizdagi 26 ta Oliy tibbiyot muassasalari xususan, SamDTU jamoasi ham faol ishtirok etib, faxrli o’rinlarni egalladi. Jumladan:
1-bo'lim: FUNDAMENTAL TIBBIYOT(Analomiya) tanlovidan Qilchov Asadbek Jasur o’g’li muvaffaqiyatli qatnashib, faxrli III o‘rinni
2-bo'lim: TERAPIYA ( Ichki kasalliklar) Boboqulov Sanoyiddin Ixtiyor o'g'li muvaffaqiyatli qatnashib, faxrli I o‘rinni
3-bo'lim: JARROHLIK (Umumiy xirurgiya) Yusupov Bobur Alisher o’g’li muvaffaqiyatli qatnashdi (Nomination Exceptional case analysis)
4-bo'lim: PEDIATRIYA (Bolalar kasalliklari) Xamdamov Botirjon Nusratullo o’g’li muvaffaqiyatli qatnashib, faxrli III o‘rin
5-bo'lim: REPRODUKTIV SALOMATLIK (Akusherlik va ginekologiya) Anvarov Navro'z Anvar o’g’li muvaffaqiyatli qatnashib, faxrli III o‘rinni
6-bo'lim: BOSH VA BO‘YIN JARROHLIGI ( stomatologiya ) Turaqulov Otabek Murodullayevich muvaffaqiyatli qatnashib, faxrli II o‘rinni
7-bo'lim: BOSH VA BO‘YIN JARROHLIGI ( LOR) Turaqulov Elbek Murodullayevich muvaffaqiyatli qatnashib, faxrli III o‘rinni
8-bo'lim: TIBBIY PROFILAKTIKA ( Atrof-muhit gigiyenasi, Epidemiologiya) Umarov Faxriddin Baxriddin o‘g‘li muvaffaqiyatli qatnashdi (Nomination Exceptional case analysis)
9-bo'lim: YOSH OLIMLAR tanlovidan Ashirov Farruxbek Azamat o‘g‘li muvaffaqiyatli qatnashib, faxrli II o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar.
Universitetimiz talabalarini tabriklab, kelgusi faoliyatlarida omadlar tilab qolamiz!
SamDTU Matbuot xizmati