×
Menu
Close Menu

​Xitoy sog‘liqni saqlash tizimi bilan hamkorlikning yangi bosqichi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti Xitoyning ko‘plab ta’lim va tibbiyot muassasalari bilan yaqin hamkorlik qilib kelmoqda. 

  Joriy yilning 20-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Xitoyning Urumchi shahar Sog‘liqni saqlash qo‘mitasi partiya guruhi rahbari Guan Aijun boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

  Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda Xitoy sog‘liqni saqlash muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, yangi bosqichga ko‘tarish hamda o‘zaro bilim va tajriba almashishdan iborat bo‘lib, uchrashuv davomida bir qator muhim vazifalar yuzasidan fikr almashildi. Jumladan, kelgusida SamDTU ko‘magida Samarqandda ilk bor Xitoy xalq tabobati markazini tashkil etish, sog‘liqni saqlash tizimidagi xodimlar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning akademik almashinuvini ko‘paytirish kabi vazifalar muhokama markazida bo‘ldi.



SamDTU Matbuot xizmati