×
Menu
Close Menu

​SamDTUga Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi tashrif buyurdi

  Joriy yilning 18-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Smita Pant boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev kutib oldi. Tashrif doirasida uchrashuv tashkil etilib, mamlakatlarimiz, shuningdek, SamDTU hamda Hindiston muassasalari o‘rtasidagi hamkorligining jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlandi.

  Uchrashuvda Hindistonlik talabalarning o‘quv jarayonlarini tashkil etish hamda ularga yaratilayotgan sharoitlar masalasida fikr almashinib, taklif va mulohazalar tinglandi. 

  Shuningdek, Smita Pant SamDTUda tahsil olayotgan Hindistonlik talabalar bilan uchrashib, ular bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Talabalarning fikr va mulohazalari tinglani, yuzaga kelgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

  Shuni alohida ta’kidlashimiz joizki, Samarqand davlat tibbiyot universitetida bugungi kunda to‘rt mingga yaqin xorijlik talabalar tahsil olib kelmoqda. Shulardan ikki ming uch yuzdan ortig‘ini hindistonlik talabalar tashkil etadi. SamDTU Xalqaro ta’lim fakultetida hindistonlik talabalarning jahon standartlari asosida ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, bu ularning malakali tibbiy kadrlar bo‘lib yetishishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.


SamDTU Matbuot xizmati