×
Menu
Close Menu

​Yaponiya delegatsiyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

  Joriy yilning 18-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Yaponiya Xalqaro tibbiyot fondi boshqaruvchi direktori, tibbiyot fanlari doktori Akira Sakai "Nippon-Markaziy Osiyo-Yaponiya" jamg‘armasi ilmiy xodimi Kaho Osaki, Tsukuba universiteti prorektori, professor Yuji Xiramatsu, Gumanitar Fanlar instituti dotsenti Doktor Fumoto Sonolardan iborat delegatsiya tashrif buuyrdi.

  Mehmonlarni Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev kutib oldi. Tashrif doirasida ikki tomonlama uchrashuv tashkil etilib, o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.


SamDTU Matbuot xizmati