Samarqand davlat tibbiyot universiteti professor-o‘qituvchilari hamda ishchi xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va yanada rivojlantirish maqsadida “Sog‘lom tanda sifatli ta’lim” shiori ostida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari” va “Tibbiyot xodimlari” kuniga bag‘ishlab Mini futbol sport musobaqasi o‘tkazildi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan musobaqa finalida 2-son davolash fakulteti va Buxgalteriya jamoalari o‘zaro kurash olib bordilar. Yakunda 2-son davolash fakulteti jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi. 2-o‘rin buxgalteriya jamoasiga nasib etdi.
SamDTU Matbuot xizmati