×
Menu
Close Menu

Infektologiyaning dolzarb masalalariga qaratilgan seminar tashkil etildi

     Joriy yilning 12-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida Olmaota shahridagi Qozog‘iston-Rossiya tibbiyot universiteti yuqumli kasalliklar kafedrasi professor-oʻqituvchilari ishtirokida infektologiyaning dolzarb masalalariga qaratilgan seminar oʻtkzaildi.

     Seminarda Qozog‘iston-Rossiya tibbiyot universiteti yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri, professor Ospanbekova Nailya Kuanishbayevna, kafedra professori Dmitrovskiy Andrey Mixaylovich hamda SamDTU professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

     Seminarda "Brutselloz - murakkab tashxis", "Oʻlat kasalligi" kabi mavzularda maʼruzalar qilinib, yuzaga kelgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

SamDTU Matbuot xizmati