×
Menu
Close Menu

​“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish marafoniga start berildi

  Ayni kunlarda Nukus shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari, hududiy boshqarmalari rahbarlari, respublika oliy ta’lim muassasalari rektorlari va direktorlari ishtirok etmoqda.

  Tadbir davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Respublika marafoniga start berildi.

  "Yashil makon" marafonida Samarqand davlat tibbiyot universiteti prorektori Eldor Tangirov boshchiligidagi universitet xodimlari hamda talabalari ham faol ishtirok etib, mamlakatimiz obodonchiligi uchun o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.

  Marafon 20-noyabrgacha davom etib, mamlakat bo‘ylab 20 milliondan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar ekish rejalashtirilgan.


SamDTU Matbuot xizmati