Ayni kunlarda Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish marafoni davom etmoqda. Jumladan, loyiha Samarqand davlat tibbiyot universitetida ham qizg‘in tarzda o‘tkazilmoqda.
Xususan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot markazi hududiga ham 800 ga yaqin turli xildagi ko‘chatlar o‘tqazilib, obodonlashtirildi.
SamDTU Matbuot xizmati