×
Menu
Close Menu

Akademik mobillik doirasida SamDTU vakili Boshqird davlat tibbiyot universitetida (Ufa, Rossiya) bo‘ldi.

  Akademik mobillik doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti ixtisoslashtirilgan bolalar jarrohlik klinikasi 1-son bolalar xirurgiyasi kafedrasi mudiri, bosh shifokorning fan bo‘yicha o‘rinbosari, professor Shuhrat Yusupov Boshqirdiston davlat tibbiyot universitetiga (Ufa, Rossiya) tashrif buyurdi.

  Amaliy tashrif davomida Sh.A.Yusupov Respublika bolalar klinik shifoxonasi negizida Boshqird davlat tibbiyot universitetining bolalar xirurgiyasi kafedrasida bo‘lib, pediatriya fakulteti 6-kurs talabalari va ordinatorlar uchun ma’ruza o‘qidi, talabalar ixtisoslashtirilgan bolalar jarrohlik klinikasi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. Samarqand davlat tibbiyot universiteti, uning ustuvor yo‘nalishlari va ilg‘or tibbiyot texnologiyalari haqida batafsil ay berdi. O‘z navbatida, BDTU bolalar jarrohligi kafedrasi xodimlari, t.f.d., dotsent V.G.Alyangin va t.f.n., dotsent G.G.Latipovalar SamDTU 1-sonli bolalar xirurgiyasi kafedrasi bilan talabalar ilmiy jamiyati sohasida hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

  Shuningdek, Sh.A.Yusupov pediatriya fakulteti dekani, gospital pediatriya kafedrasi mudiri V.A.Malievskiy va pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri, professor A.F.Amirovlar bilan ham uchrashuvlar o‘tkazib, keyingi akademik mobillik dasturining amaliy jihatlari, jumladan Sharq tibbiyoti tarixi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida pediatriya fakulteti talabalari uchun ma’ruzalar o‘qish, qo‘shni davlatlardan kelgan talabalarning akademik moslashuvi xususiyatlari masalalarini muhokama qildi.


Matbuot: bashgmu.ru




SamDTU matbuot xizmati