×
Menu
Close Menu

Turkiyalik professor universitet xodimlari uchun urologik kasalliklar bo‘yicha mahorat darslarini o‘tkazdi

  7 noyabr kuni Samarqand Davlat tibbiyot universitetiga Yevropa urolog-andrologiya asossatsiyasi a’zosi, Istambul Universiteti professori Ateş Kadıoğlu Universitetni ko‘p tarmoqli klinikasida urologiya xamda DKTF xirurgiya, endoskopiya va anestiziologiya-reanimatologiya kafedrasi xodimlari uchun ochiq davra suhbati tashkil qilindi.

  Urologiya xamda DKTF Xirurgiya, endoskopiya va anestiziologiya-reanimatologiya kafedrasi hamda bo‘lim xodimlari, yosh urologlarning qiziqtirgan savollarga Ateş Kadıoğlu to‘liq javob olindi. Univesitet xirurgik korpus urologiya jarrohlik xonasida professor Ateş Kadıoğlu ishtirokida uro-andrologik mahorat dars ham o‘tkazildi.

  Muzokaralar natijasida kelajakda Samarqand davlat tibbiyot universiteti urologiya kafedrasi xamda Istambul universiteti xodimlari tomonidan hamkorlikda plastik xirurgiya va uro-andrologiya sohalarida bir qator loyihalarni amalga oshirish hamda akademik mobillik dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi.

  Ma’lumot o‘rnida, professor Kadiog'lu 2002 yildan 2009 yilgacha Turk Andrologiya Jamiyati prezidenti lavozimida, 2008-2012 yillari Turkiya urologiya assotsiatsiyasi prezidenti lavozimlarida ishlagan. Hozirda Turk Andrologiya Jamiyatining faxriy prezidenti, Istanbul tibbiyot fakultetida andrologiya kafedrasi mudiri, Turkiya Urologiya Assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, Turkiya Urologiya Akademiyasi koordinatori va Turkiya Urologiya jurnali bosh muharriri.




SamDTU matbuot xizmati