×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektoriga "Shinjon tibbiyot universiteti faxriy professori" unvoni berildi

  Joriy yilning 4-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev boshchiligidagi delegatsiya Xitoyning Shinjon tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi.

  Tashrif davomida ikki oliygoh o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari muhokama qilindi. Jumladan, Xitoy xalq tabobati markazi filialini ochish, Shinjon xalqaro tibbiyot markazi bilan o‘quv-ilmiy va amaliy tibbiyotda hamkorlik qilish masalalariga yana bir bor to‘xtalib o‘tildi.

  Shuningdek, uchrashuv doirasida Shinjon tibbiyot universiteti rektori, professor Xaji Akber Aisa tomonidan Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayevga "Shinjon tibbiyot universiteti faxriy professori" unvoni topshirildi.


SamDTU Matbuot xizmati