×
Menu
Close Menu

1-bosqich talabalari bilan "Dekan va yoshlar" uchrashuvi o'tkazildi

  Joriy yilning 29-oktyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2-son davolash ishi fakulteti 1-bosqich talabalari bilan "Dekan va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda fakultet dekani F.A.Daminov, universitet rektori maslahatchisi E.Aripov, universitet profilaktika inspektori O.Eshmuratov, dekan o‘rinbosarlari hamda talabalar ishtirok etdi.

  Tadbir davomida yangi o‘quv yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan fikr almashilib, bir qator vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, talabalar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarini oldini olish, ularning korrupsion holatlar hamda turli yot, buzg‘unchi g‘oyalar qurboniga aylanib qolmasliklari yuzasidan ogohlantirishlar berib o‘tildi.

  Uchrashuv dekan bilan ochiq muloqot tarzida davom etib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.\


SamDTU Matbuot xizmati