Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari akademik almashinuv doirasida Xitoyda bo‘ldilar

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda Xitoyning Shinjon tibbiyot universiteti bilan imzolangan hamkorlik memorandum doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari Shinjon tibbiyot universitetiga tashrif buyurdilar.

  Tashrif davomida Shinjon tibbiyot universiteti, o‘quv binolari va universitet ta’lim tizimi, ilmiy laboratoriyalar, universitet klinikalari bilan yaqindan tanishildi.

  Jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari Shinjon tibbiyot universiteti klinik laboratoriyalarida bo‘lib, ilmiy mashg‘ulotlarda ishtirok etdilar. Universitetga qarashli klinikalar faoliyati bilan tanishib, bir qator mahorat darslari hamda tibbiyot amaliyotlarida bevosita ishtirok etdilar.

  Shuningdek, talabalar bilan an’anaviy Xitoy tabobati, igna va massaj bilan davolash markazlariga tashrif amalga oshirilib, bir qator qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lindi.

  Tashrif doirasida malakali Xitoy tabobati vakillari hamda Shinjon tibbiyot universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan mahorat darslari, ilmiy ma’ruzalar tashkil etildi. Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari tomonidan ham chiqishlar qilinib, o‘zaro bilim va tajriba almashildi.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari Xitoyga tashrif davomida rivojlangan tibbiy ta’lim tizimi bilan tanishish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda murakkab va yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


SamDTU matbuot xizmati