Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Pamukkale universiteti bilan hamkorlikda yangi qadam…

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda Turkiyaning Pamukkale universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan bo‘lib, ta’lim jarayonlarini tashkil etish va akademik harakatchanlik doirasida birgalikda ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

  Joriy yilning 13-avgust kuni Pamukkale universiteti rektori, professor, Ahmet Kutluhan boshchiligidagi delegatsiya Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev kutib oldi. Tashkil etilgan uchrashuvda o‘zaro hamkorlik masalalari va uni yanada kengaytirish borasida fikrlar bildirilib, bir qancha takliflar o‘rtaga tashlandi.

  Uchrashuv yakunida Erasmus + dasturi doirasida yangi hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandumga ko‘ra ikki muassasa o‘rtasida o‘zaro hamkorlikda talabalar va professor-o‘qituvchilarning ilmiy tadqiqot ishlarini yuritishni tashkil etish va akademik harakatchanlikni yanada kengaytirish hamda bir qator birgalikdagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

  Samarqand davlat tibbiyot universitetining Pamukkale universiteti bilan hamkorlik aloqalarining yangi bosqichga ko‘tarilishi nafaqat tibbiy ta’lim sifatining yanada o‘sishiga balki, mamlakatimizda rivojlanib borayotgan turk tibbiyoti tajribasini keng joriy qilishda ham o‘z hissasini qo‘shadi.


SamDTU matbuot xizmati