Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Xitoylik tadbirkorlar assotsiatsiyasi vakillari tashrif buyurdi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti bugunga qadar Xitoyning bir qancha oliygohlari hamda yetakchi tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatib kelmoqda.

  Joriy yilning 9-avgust kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga O‘zbekiston Xitoy tadbirkorlari assotsiatsiyasi vakillari hamda Xidian milliy universiteti vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev kutib oldi.

  Tashkil etilgan uchrashuvda mehmonlar Samarqand davlat tibbiyot universiteti va uning ta’lim tizimi hamda yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar. Shuningdek, Xidian universiteti professori Xian Zhang bilan ham oliygoh haqida ham ma’lumotlar almashildi. Suhbat davomida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan, Xitoylik tadbirkorlar assotsiatsiyasi va Samarqand davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda xitoylik talabalarning SamDTU ta’lim olishlarini ta’minlash, ularning o‘quv jarayonlarini tashkil etish, shuningdek, talabalar uchun yaratiladigan imkoniyatlar, o‘quv-simulyatsion mashg‘ulotlari va yotoqxonalar bilan ta’minlash masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

  Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston Xitoy tadbirkorlari assotsiatsiyasi (XITOYLIK TADBIRKORLAR UYUSHMASI) Xitoyning O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi korxonalari va ishbilarmonlari tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan va O‘zbekiston milliy huquqiy tartib-qoidalariga muvofiq rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan savdo-sanoat tashkilotidir. Assotsiatsiya Xitoy va O‘zbekiston korxonalari, savdo-sanoat tashkilotlari hamkorligini ta’minlash, shuningdek, ta’lim jarayonlarini rag‘batlantirish hamda anjuman, forum va turli ilmiy-amaliy tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish bilan shug‘ullanadi.


SamDTU matbuot xizmati