Samarqand davlat tibbiyot universiteti bugunga qadar dunyoning bir qancha yetakchi oliygohlari bilan hamkorlik aloqlarini o‘rnatib kelmoqda. Jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti delegatsiyasi Italiyaning mashhur, tarixiy oliygohi hisoblangan Piza universitetiga tashrif buyurdi. Tashrifdan maqsad dunyoning eng qadimiy hamda yetakchi oliygohi bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish, Piza universitetining oliy tibbiy ta’lim sohasida tajribasini o’rganish, ushbu universitet bilan “Davolash ishi” qo’shma qo’shma ta’lim dasturuni tashkil etish bo’yicha tegishli hamkorlik xujjatlarini ishlab chiqishdan iborat edi.
SamDTU rektori, professor Jasur Rizayev boshchiligidagi mehmonlarni Piza universiteti rektori, Riccardo Zucchi kutib oldi. Tashkil etilgan uchrashuvda ikki oliygoh haqidagi ma’lumotlar almashildi. Jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev hamkor oliygohga SamDTU va uning ta’lim tizimi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilinib, ikkala tomon ham birga ishlashdan mamnun ekanliklarini ta’kidladilar.
Shuningdek, SamDTU rektori Jasur Rizayev Piza universitetining Tibbiyot maktabi rahbari bilan ham uchrashib, maktab faoliyati va undagi xalqaro tibbiy taʼlim tizimi bilan ham tanishdi.
Ma’lumot o‘rnida aytishimiz mumkinki, Piza universiteti ( ital. Università di Pisa ) — Piza shahridagi (Toskana, Italiya) ta’lim muassasasi bo‘lib, Yevropaning eng qadimiy universitetlaridan hisoblanadi. Uning tarixi 11-asrga borib taqaladi. 1343-yil 3-sentyabrda universitet maqomini olgan bo‘lib hozirda talabalarning umumiy soni 57 000 ni tashkil etadi. Universitet 20 ta bo'limga ega bo'lib, qishloq xo'jaligi, fizika, informatika, muhandislik, tibbiyot va veterinariya sohalarida yuqori darajadagi tadqiqot markazlariga ega.
Universitet dunyoning koʻplab reytinglarda (QS, THE, NTU Taiwan...) yuqori oʻrinlarni egallab kelmoqda.
Universitetdagi taniqli talabalar orasida Galileo Galiley bor edi; 1589-1592 yillarda Galiley Piza universitetida matematika professori bo‘lgan. Keyinchalik, 1610 yildan umrining oxirigacha Galiley Gertsogning farmoni bilan yana bu lavozimga yozildi.
Shuni ham ta’kidlashimiz joizki, Samarqand davlat tibbiyot universitetining Piza universiteti bilan tibbiyot sohasida hamkorlik qilishi xalqaro aloqalar hamda tibbiy ta’lim sifatini yanada oshirishda yangi bosqichni boshlab beradi.
SamDTU matbuot xizmati