×
Menu
Close Menu

​SamDTUga biriktirilgan MFYlardagi alohida ishlash talab etiladigan yoshlar va ularning yaqinlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Mahallarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika Komissiyasining “Alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlar hamda oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlariga biriktirish orqali qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi yig‘ilish Bayoniga asosan Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektoriga biriktirilgan Samarqand shahridagi “Sarbon”, “Sayxun”, “Sharq Tongi”, “So‘fi Roziq”, “So‘zangaron” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi alohida ishlash talab etiladigan yoshlar va ularning yaqinlari bilan universitet rektori Jasur Rizayev ishtirokida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

  Uchrashuv davomida OTM rahbari o‘ziga biriktirilgan yoshlarning muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga o‘qitish orqali bandiligini ta’minlash, hayotda o‘z o‘rnini topishi, shuningdek, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga har tomonlama ko‘maklashish, moddiy va ma’naviy ehtiyoji bor, qolaversa, universitet vakolati doirasida bepul tibbiy ko‘rik va bepul tibbiy davolanish yuzasidan biriktirilgan yoshlar va ularning yaqinlariga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tushunchalar berdi.

  Biriktirilgan yoshlar va ularning yaqinlari tomonidan bildirilgan talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda alohida yo‘l xaritasi belgilab olindi.

  Uchrashuv so‘ngida universitet rektori tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari va esdalik sovg‘alari biriktirilgan yoshlar va ularning yaqinlariga topshirildi.


SamDTU matbuot xizmati