Oldin xabar berganimizdek, joriy yilning 21-28-iyul kunlari Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida "I Xalqaro talabalar yozgi sport o‘yinlari" musobaqalari davom etmoqda. Bellashuvlarda jahonning ko‘pgina oliygohlari bilan birgalikda Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari ham ishtirok etmoqda.
Quvonarlisi shundaki, O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida universitetimiz talabalari ko‘plab bellashuvlarda faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritmoqdalar. Jumladan, SamDTU stomatologiya fakulteti talabasi Salohiddin Jumaniyozov sportning shaxmat turi bo‘yicha faxrli 3- o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tishimiz mumkinki, O‘zbekiston delegatsiyasi shaxmat sport turi bo‘yicha umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egalladi. Bahslarda 1-o‘rin Xitoy va 2-o‘rin Belorussiyaga nasib etdi.
Hamyurtlarimiz, shu jumladan universitetimiz talabalariga "I Xalqaro talabalar yozgi sport o‘yinlari"ning keyingi bahslarida omad tilab qolamiz!
SamDTU matbuot xizmati