Joriy yilning 27-iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida Mindray kompaniyasi vakillari bilan hamkorlikda “Amaliy laboratoriya diagnostikasidagi dolzarb muammolar va zamonaviy tendensiyalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy seminar tashkil etildi.
Seminarda SamDTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori A.S.Kubayev, N. V. Sklifosovskiy nomidagi qo‘shma korxona ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassisi Shustov Valeriy Valerevich, M. F. Vladimirskiy nomidagi "Moskva viloyat ilmiy-tadqiqot klinik instituti klinik laboratoriya diagnostikasi kafedrasi mudiri Shatoxina Svetlana Nikolayevna, Mindray kompaniyasining mintaqaviy menejeri Ten Valentin Anatoliyovich, Mindray kompaniyasi klinik mutaxassisi Park Natalya Arturovna hamda universitet professor o‘qituvchilari, magistr va ordinatorlar ishtirok etdi.
Seminar davomida Klinik labarator diagnostikada yangi tashxislash usullari, yangi Lotos texnologiyasi va uning ahamiyati, gematologiyadagi zamonaviy muammolar hamda bir qator mavzuga oid ma’ruzalar qilinib, berilgan savollar yuzasidan muhokamalar olib borildi.
Shuningdek, seminar davomida ishtirokchilarga Mindray Kompaniyasi va uning faoliyati haqida ham ma’lumotlar berildi.
SamDTU matbuot xizmati