Oldin xabar berganimizdek, 19-22-iyun kunlari MESCA jamg‘armasi tomonidan Samarqand davlat tibbiyot universitetining Ko‘p tarmoqli klinikasi Jarrohlik markazida Daun sindromi bilan og‘rigan bolalar uchun oftalmologik, stomatologik va otorinoloringologik skrining tekshiruvlari amalga oshirilmoqda. Tadbir doirasida bugun SamDTUda Daun sindromi va uning profilaktikasi, keratokonus diagnostikasi hamda uni davolash bo‘yicha ochiq ma’ruza tashkil etildi.
Ma’ruzada O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini yuqori sifatli tibbiy yordam bilan ta’minlashga qaratilgan chora tadbirlar, xususan, Daun sindromi haqida, uning profilaktikasi va davolash usullari to’g’risida fikrlar bildirilib, yuzaga kelgan savollarga atroflicha javoblar berildi.
Shuningdek, ELZA instituti professori, doktor Farhad Hafezi bilan zoom orqali muloqot qilinib, keratokonus diagnostikasi hamda uni davolash bo‘yicha ma’lumotlar tinglandi.
SamDTU matbuot xizmati