O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot sohasi kadrlarining rivojlangan davlatlar tibbiyoti amaliyotini o‘rganish orqali tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, xalqaro tajribalarni mamlakatimiz tibbiyotiga keng joriy qilish maqsadida, joriy yilning 14-27-iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasida sog‘liqni saqlash sohasida “Davlat xizmatchilarining tajriba almashishi va insonparvarlik salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha tajribasini oshirish” mavzusida seminarlar tashkil etilmoqda.
Mazkur tajriba almashish seminarlari doirasida yurtimizdagi bir qancha sog‘liqni saqlash sohasidagi xodimlarimiz, jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Eldor Tangirov ham Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib, seminarlarda ishtirok etmoqda.
Tashkil etilayotgan mazkur xalqaro tajriba almashish seminarlari ikki mamlakat, xususan O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasiga xalqaro darajadagi tajribalarni va yangi, innovatsion xizmat metodlarini kiritgan holda sohani yanada rivojlantirishga turtki bo‘ladi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
SamDTU matbuot xizmati