Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universiteti Shveysariyaning “Diatech SA” kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi

  Joriy yilning 13-iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Shveysariyaning tibbiy asbob uskunalar yetkazib beruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi “Diatech SA” kompaniyasining O‘zbekiston va O'rta Osiyodagi rahbari Vohidov Umid Baxtiyarovich va kompaniyaning hududiy menejeri Suxrob Islomov tashrif buyurdi. Mehmonlarni SamDTU rektori, professor Jasur Rizayev kutib oldi hamda ular bilan uchrashuv o‘tkazdi.

  Uchrashuv davomida Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda “Diatech SA” kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga qaratilgan memorandum imzolandi. Memorandumga ko‘ra hamkorlikda SamDTU talabalari va xodimlarining zamonaviy va yuqori texnologiyali tibbiy qurilmalar bilan ishlash ko‘nikmasini yanada shaklantirish hamda malaka oshirishlarini tashkil etishga sharoit yaratishga kelishildi. Shuningdek, kelgusida ilmiy-tadqiqot ishlarida ham birgalikdagi loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

  Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Shveysariyaning “Diatech SA” kompaniyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishi –  Sharqiy Yevropa, O‘rta Osiyo va O‘rta er dengizi mintaqasidagi shifoxonalar, tibbiyot, ilmiy va ilmiy-tadqiqot muassasalariga turli tibbiy asbob-uskunalar yetkazib berish va xizmat ko‘rsatishdan iborat bo‘lib, kompaniya O‘zbekistondagi tibbiy asbob-uskunalar bozorida yetakchi distribyutor hisoblanadi. Kompaniyaning O‘zbekiston bozori uchun ishlab chiqilgan innovatsion yechimlari aniq tashxis qo‘yish va aholini yuqori sifatli tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash imkoniyatini yaratadi.


SamDTU matbuot xizmati