Samarqand davlat tibbiyot universitetida joriy 2023-2024-o‘quv yilida Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti bitiruvchi bosqich talabalari joriy yilning 12-iyun kuni Yakuniy Davlat attestatsiyasi sinovlarini muvaffaqiyatli topshirdilar.
Imtihon jarayonlari Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Simulyatsion markazda o‘tkazildi.
Yozma va og‘zaki tarzda tashkil etilgan sinovlarning adolatli hamda shaffof o‘tishi nazorat qilindi. DAK raislari universitet bitiruvchilarining yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rganliklarini ta’kidlab, ularning keyingi faoliyatlarida omad tiladilar.
SamDTU matbuot xizmati