Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​O‘zbek milliy maqom san’atiga bag‘ishlangan konsert dasturi o‘tkazildi

  Joriy yilning 11-iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti Morfologiya binosi katta zalida talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun musiqiy konsert dasturi o‘tkazildi. Bayramona dasturda O‘zbek milliy maqom san’ati markazining ustoz san’atkorlari, jumladan: O‘zbekiston xalq hofizi Isroil Vahobov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Nuriddin Aminjonov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ahmadjon  Dadayev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Komila Bo‘riyeva hamda O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Matluba Dadaboyevalar ishtirok etdilar.

  Ustoz san’atkorlarimiz milliy maqom san’atimizning durdonalari bo‘lgan kuy-qo‘shiqlarni ijro etib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar. Shuningdek, o‘zbek milliy maqom san’atining tarixi va buguni haqida ham qiziqarli hamda qimmatli ma’lumotlarni o‘rtoqlashdilar. Konsert dasturi bayramona ruhda davom etdi.



SamDTU matbuot xizmati