Joriy yilning 5- iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Turkiyaning Istanbul EKU markaz reproduktologi, akusher-ginekologi, professor NAMIK Kemal Duru boshchiligidagi mehmonlar tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida mehmonlar Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev bilan uchrashib, mamlakatimizdagi tibbiy xizmat sifati hamda ikki qardosh o‘lkaning bu boradagi hamkorlik aloqalari haqida so‘z yuritilib, iliq fikrlar bildirildi.
Shuningdek, professor NAMIK Kemal Duru tomonidan SamDTU kafedra mudirlari, assistentlar, magistr va ordinatorlar uchun “Ekstrakorporal urug‘lantirishning zamonaviy yutuqlari” mavzusida ma’ruza o'qidi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
SamDTU matbuot xizmati