Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Parazitar kasalliklarning dolzarb muammolari. Parazitozlarning molekulyar-genetik tekshirish usullari” nomli ilmiy amaliy anjuman o‘tkazildi

  Joriy yilning 4-iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida Chexiya Respublikasi Ostrav universiteti professori Yurchenko Vyacheslav Yurevich hamda Sankt Peterburg Agrar universiteti professori Turitsin Vladimir Sergeyevichlar ishtirokida “Parazitar kasalliklarning dolzarb muammolari. Parazitozlarning molekulyar-genetik tekshirish usullari” nomli ilmiy amaliy anjuman o‘tkazildi. Anjumanda shuningdek, Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi L.M.Isayev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy tadqiqot instituti va universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar ishtirok etdi.

  Anjumanda “Parazitar kasalliklarning dolzarb muammolari.O‘zbekistonda leyshmanioz”,“Parazitozlarning zamonaviy molekulyar-genetik tashxisi. Leyshmaniyalarning zararlanish omillari”, “Leyshmanioz kasalligining tashuvchilari”,“Leyshmaniozlarni zamonaviy tashxislash usullari” va boshqa bir qator dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruzalar qilinib, muhokamalar olib borildi.

  Shuningdek, Chexiya hamda Sankt Peterburg professorlarining SamDTUga tashrifi doirasida universitet rektori, professor Jasur Rizayev bilan uchrashuv tashkil etilib, o‘zaro hamkorlik masalalari, xususan, parazitologiya sohasida ilmiy va amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish borasida fikr va mulohazalar bildirildi.


SamDTU matbuot xizmati