Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Xitoy – O‘zbekiston an’anaviy Xitoy tabobati madaniyati haftaligi o'z ishini boshladi

  Joriy yilning 3-iyun kuni Toshkent shahrida Xitoy – O‘zbekiston an’anaviy Xitoy tabobati madaniyati haftaligi ish boshladi.

  Xalq tabobati madaniyatini rivojlantirish – umumiy sa’y harakatlar bilan Xitoy va O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish hamda bu borada hamjamiyatlar tashkil etish masalalariga qaratilgan haftalikda Respublikamiz hamda Xitoyning bir qator tibbiyot muassasalari va birlashmalari ishtirok etdi.

  Shu jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev ham ochilishda ishtirok etib, nutq so‘zladi hamda tashkil etilgan bu anjumanning ahamiyati haqida ta’kidlab, barcha ishtirokchilarni tabrikladi.

  Shuningdek, Anjuman doirasida SamDTU rektori Jasur Rizayev Xitoyning Shinjon tibbiyot universiteti partiya qo‘mitasi sekretari Zhao Tianjie bilan muzokaralar olib borib, bir qator kelishuvlarga erishdi. Xususan, kelishuvga ko‘ra hamkorlikda 2024-2025-o‘quv yillida bakalavr va magistratura bosqichlarida “Xalq tabobati” yo‘nalishini ochish va ta’lim jarayonini tashkil etish nazarda tutilgan.


SamDTU matbuot xizmati