Joriy yilning 31-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida universitetda tahsil olayotgan Kattaqo‘rg‘onlik talabalar bilan Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova ishtirokida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Shuningdek, uchrashuvda Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev ham ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida bugungi kunda mamlakatimizda, xususan, Kattaqo'rg'onda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, yoshlarimizga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so'z yuritildi. Gavhar Alimova talabalarga o‘z faoliyati va hayoti haqida gapirib, ularga o‘ziga xos motivatsiya ulashdi. Shuningdek, tadbir davomida Kattaqo‘rg‘on shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Humoyun Xamraev Kattaqo‘rg‘onlik bitiruvchilarga shahardagi bo‘sh ish o‘rinlari va tibbiyot birlashmasining faoliyati, unda yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Tadbirda fal ishtirok etgan bitiruvchilarga esdalik sovg'alari topshirildi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
SamDTU matbuot xizmati